Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqimiz eng munosib yetakchiga ovoz beradi
15:00 / 2021-10-07

Samarqand davlat universiteti talaba-yoshlaridan iborat saylov targ‘iboti guruhi O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Samarqand viloyat kengashi a’zolari bilan birgalikda Paxtachi tumanidagi saylovchilar bilan uchrashdi.

Targ‘ibot guruhi O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Samarqand viloyat kengashi raisi Sherali Yuldashev tashabbusi bilan tashkil etildi.

Targ‘ibotchilar tuman ahlini O‘zLiDePdan Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturi mazmun-mohiyati bilan tanishtirdi. Saylov targ‘ibotiga oid fleshmob uyushtirilib, tumandagi bir qator mahallalarga saylov materiallari, dasturlar tarqatildi.

– So‘nggi besh yil O‘zbekistonda tub islohotlar davri bo‘ldi. Barcha sohada aholi turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan islohotlar amalga oshirilmoqda. Islohotlar zamirida xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak, degan g‘oya o‘z aksini topdi. Barcha muammolarning yechimi, qulf-kaliti bo‘lgan ta’lim tizimida o‘zgarishlar boshlandi. Iqtisodiyot rivojlanmoqda, xalqaro aloqalar, qo‘shnichilik munosabatlari mustahkamlandi. 

Yoshlar uchun ko‘plab imtiyozlar berildi. Biz saylovda o‘zimiz munosib topgan nomzodga ovoz beramiz, – dedi Samarqand davlat universiteti yoshlar yetakchisi Allayor Norboyev.

– Men talaba sifatida yoshlarga oliy o‘quv yurtiga kirishda qator yengilliklar berilayotganini ta’kidlamoqchiman, – deydi Samarqand davlat universiteti talabasi Komila Mardonova. 

– Men oliy o‘quv yurtiga kirish uchun yetti yil hujjat topshirganman. Asosiysi maqsadimdan chekinmadim. Natijada orzuimga erishib talaba bo‘ldim. So‘nggi yillarda nafaqat ta’lim, balki boshqa sohalarda ham ko‘plab yutuqlarga erishdik. Qishloqlarda hayot tarzi o‘zgardi. Bularning barchasi yurtimizda inson qadri ulug‘lanayotganidan dalolat. Men barcha yoshlarimizni saylovda faol bo‘lishga chorlayman.

– Viloyatimizning boshqa hududlari qatori Paxtachi tumani ham kundan kunga chiroy ochib bormoqda, – deydi Samarqand davlat universiteti talabasi Akmal Nasimov. 

– Tuman saylovchilari bilan uchrashuv menda o‘zgacha taassurot qoldirdi. Odamlarning kayfiyati a’lo darajada, ruhi baland. 

Chunki bugungi odamlar kechagi saylovchilar emas. Ularning saylov bo‘yicha o‘z fikrlari, qarashlari bor, har bir nomzod ilgari surayotgan tashabbuslar qaysi biri realroq ekanini yaxshi biladi. Men o‘ylaymanki, 24 oktyabrda bo‘ladigan Prezidentlik saylovi yurtimiz tarixidagi eng yaxshi saylov sifatida yodda qoladi, xalqimiz eng munosib yetakchiga ovoz beradi.

Behruz Shamsiddinov,
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi