English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Xalqchil davlat xizmati"ni shakllantirish bo‘yicha hamkorlik
10:14 / 2024-03-05

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi mas’ullari O‘zbekiston Ish beruvchilar assotsiatsiyasi vakillari bilan uchrashdi.

Endilikda mazkur tuzilmalar inson resurslarini rivojlantirishda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, bu yo‘nalishda davlat va xususiy sektordagi tendensiyalarni uyg‘unlashtirish, zamonaviy standartlarni ishlab chiqish hamda turli loyihalarni amalga oshirishda hamkorlik qiladi.  

Uchrashuvda agentlik departament mudirlari I.Qurbonov hamda B.Alimovlar tomonidan davlat fuqarolik xizmatida meritokratiya tizimini joriy etish, davlat organlari va tashkilotlarida kadrlar ishini muvofiqlashtirish, inson resurslari va kadrlar salohiyatini rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan taqdimot qilindi. 

O‘z navbatida, assotsiatsiya ijrochi direktori G.Urmanova hamda tashkilot a’zosi Yu.Yakovleva tashkilot faoliyati bilan tanishtirdi.  

Uchrashuv har ikki tomon uchun manfaatli muloqot platformasi bo‘lgani ta’kidlandi. "Xalqchil davlat xizmati"ni shakllantirishda samarali hamkorlik qilish uchun kelgusidagi reja, aniq tadbirlarni o‘z ichiga olgan memorandum imzolashga kelishib olindi.  

N.Abduraimova, O‘zA