Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi yakunlandi
17:39 / 2022-11-03

Avval xabar berganimizdek, ushbu haftada yurtimizda xalqaro ziyorat turizmi haftaligi o‘tkazildi. Bugun Samarqanddagi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida forum doirasidagi so‘nggi tadbir – “Qadimiy yozma manbalarni saqlash va tadqiq etish tizimini takomillashtirish masalalari” mavzusidagi xalqaro konferensiyaning ikkinchi sho‘’ba yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

“Nodir manbalarni konservatsiya va restavratsiya qilish, reyestr tuzish va raqamlashtirish masalalari” mavzusiga bag‘ishlangan yig‘ilishda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Misr davlatlaridan 50 nafarga yaqin olim va mutaxassislar ishtirok etdi, yigirmadan ortiq ilmiy ma’ruza tinglandi.

– Konferensiyada nodir yozma manbalarni saqlash va tadqiq etish borasida mamlakatimizda olib borilayotgan ishlar mahalliy va xorijlik mutaxassislar bilan birgalikda keng muhokama qilindi, – deydi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori o‘rinbosari Otabek Muhammadiyev. – Bu borada o‘z faoliyatimiz haqida ma’lumot berdik, xorijiy tajribani o‘rgandik. Ishtirokchilarning ma’ruzalarini ilmiy to‘plam tarzida nashr etishga kelishib olindi.

Forumning yakuniy sessiyasi va haftalikning yopilish marosimi tadbirlari yuksak saviyada tashkil etilgani va o‘tkazilgani ta’kidlandi. Haftalik davomida muhokama etilgan masalalar, erishilgan kelishuvlar mamlakatimizda ziyorat turizmini yanada rivojlantirishga xizmat qilishi qayd etildi.

G‘.HASANOV, O‘zA