French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro yuridik forumning uchinchi sessiyasi “Tartibga solish ta’sirini baholash va korrupsiyaga qarshi ekspertiza” mavzusida
18:48 / 2021-04-16

Sessiya doirasida quyidagi dolzarb mavzularni muhokama qilish rejalashtirilgan:

— Yevropa ittifoqida “sifatli boshqaruv” amaliyoti;

— Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti mamlakatlarida tartibga solish ta’sirini baholash: rivojlanayotgan mamlakatlar uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan murakkabliklar;

— Byurokratik boshqaruvdan smart boshqaruv sari;

— O‘zbekistonda yangi tartibga solish ta’sirini baholash tizimi: strategik ahamiyati, yutuqlari va murakkabliklari;

— Belarus Respublikasida kriminologik (korrupsiyaga qarshi) ekspertiza instituti: yaralishi, amaliyoti va takomillashtirilishi.

Sessiyada samarali tartibga solish va qonunchilik hujjatlarini tahlil etish bo‘yicha katta tajribaga ega bo‘lgan nufuzli xorijiy tashkilotlarning vakillari, jumladan, Yevropa komissiyasi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Belarus Respublikasi Bosh prokuraturasi ekspertlari ishtirok etadi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar www.tashkentlawspring.uz saytida.