Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro yo‘nalishlarda avtobus qatnovlari qayta tiklandi
14:02 / 2022-07-20

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Transport vazirligi axborot xizmati rahbari Navro‘z Ashurmatov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Qayd etilishicha, xalqaro yo‘nalishlarda muntazam avtobus qatnovlari qayta tiklandi. Xususan, joriy yil 18 iyuldan boshlab Toshkent-Moskva yo‘nalishida haftaning dushanba va payshanba kunlari, chipta narxi 1 million so‘m, Toshkent-Qozon yo‘nalishi, har seshanba va juma kunlari, yo‘nalish narxi  800 ming so‘m hamda bugundan e’tiboran Toshkent–Sankt-Peterburg yo‘nalishi haftaning chorshanba va shanba kunlarida, chipta narxi  1 million  250 ming so‘mni tashkil etmoqda. 

Qayd etilishicha, mazkur yo‘nalishlarda qatnovlar “Uzautotrans service” MCHJ korxonasining “Yutong” rusumli avtobuslarida amalga oshiriladi. Yo‘nalishga chiqayotgan har bir avtobusga 3 nafardan haydovchi biriktirilgan. Yo‘nalishlarga chiqishdan oldin har bir haydovchi tibbiy ko‘rikdan, avtobuslar esa texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi. Qatnov davomida har to‘rt soatda haydovchilar almashadi.  

Shuningdek, yo‘lovchilar oqimidan kelib chiqqan holda “Uzautotrans service” korxonasi tomonidan Toshkent – Omsk, Toshkent – Perm, Toshkent – Ufa kabi yo‘nalishlarda ham avtobus qatnovlarini bosqichma-bosqich qayta tiklash rejalashtirilgan.  

Mutaxassis so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi va qo‘shni davlatlarga “Toshkent” avtovokzali orqali tashkil etilayotgan avtobus reyslarida ishonchli xizmat ko‘rsatilishi kafolatlanadi. 



Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA