Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro yarmarka talaba-yoshlar uchun qulay imkoniyat bo‘ldi
16:38 / 2021-10-07

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Rossotrudnichestvo”ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda “Rossiya ta’limi. Toshkent – 2021” xalqaro ko‘rgazma-yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

Abituriyentlarni Rossiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida xalqaro ta’lim dasturlari doirasida o‘qish imkoniyatlari bilan tanishtirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari mas’ul xodimlari, Rossiyaning 30 dan ortiq oliy o‘quv yurtlari vakillari, talaba-yoshlar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.   

Yarmarka doirasidagi tadbirlar davomida Rossiyaning nufuzli universitetlari haqida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollar, xususan, ta’lim grantlarini qo‘lga kiritish imkoniyati bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.Talabalarning Rossiyadagi hayoti va yotoqxonadagi yashash sharoitlari haqida videolavhalar namoyish etildi.  

 –So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi turli sohalardagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarildi, –dedi  Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Abbos Rahmonaliyev. – Xususan, kadrlar tayyorlash va fanni rivojlantirish sohasidagi hamkorlik tobora kengayib bormoqda. Jumladan, Rossiya yetakchi oliy o‘quv yurtlarining O‘zbekistonda filiallari tashkil etilishi. Aytishimiz mumkinki, umumiy qadriyatlar,  siyosiy va iqtisodiy makonda hayotning muhim tajribasi mavjudligini hisobga olsak, Rossiya va O‘zbekiston xalqlari hali ham ko‘p jihatdan yagona  makonda. Shunday qilib, hozirgi bosqichda Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlik har ikki davlat rahbariyatining ustuvor vazifalaridan biri bo‘lib, Rossiya va O‘zbekiston fuqarolari manfaatlariga ham javob beradi. Bunday tadbirlarni o‘tkazish O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumini tayyorlashda muhim bosqich bo‘lib xizmat qiladi.   

Shuningdek, yarmarka ishtirokchilari Rossiyaning yetakchi OTM bilan tanishish, OTM vakillari va ekspertlar bilan qabul, hujjatlarni topshirish muddatlari, o‘qish imkoniyatlari haqidagi turli savollariga javob olishdi.  

 

Gulnoza Boboyeva, O‘zA