Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan voleybol musobaqasi o‘tkazildi.
Universitet rektorati va kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan musobaqada xotin-qizlardan iborat professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirok etdi.

Musobaqa davomida ishtirokchilarning faolligi, jamoaviy hamkorligi va g‘alabaga bo‘lgan intilishi alohida e’tiborga sazovor bo‘ldi. Ayniqsa, professor-o‘qituvchilarning sport maydonidagi faolligi ta’lim muassasasida sog‘lom muhitni shakllantirish, jismoniy faollikni keng targ‘ib qilish hamda xotin-qizlarning jamoadagi o‘rni va faolligini yana bir bor namoyon etdi.
Qiziqarli va murosasiz o‘tgan musobaqa yakunida birinchi o‘rinni Qoraqalpoq filologiyasi va jurnalistika fakulteti, ikkinchi o‘rinni Kimyo-texnologiya fakulteti, uchinchi o‘rinni xo‘jalik bo‘limi jamoalari egalladi.
Tadbir yakunida g‘olib jamoalarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.