Xalqaro velosiped kuni munosabati bilan Xotin-qizlar o‘rtasida marafon tashkil etildi
3-iyun Xalqaro velosipedchilar kuniga bag‘ishlab Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumanida Toshkent viloyati Xotin-qizlar qo‘mitasi, viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda O‘zbekiston velosiped sporti Federatsiyasi tashabbusi bilan “Sog‘lom oila-jamiyat boyligi” shiori ostida velomarafon bo‘lib o‘tdi.
3-iyun Xalqaro velosipedchilar kuniga bag‘ishlab Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumanida Toshkent viloyati Xotin-qizlar qo‘mitasi, viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda O‘zbekiston velosiped sporti Federatsiyasi tashabbusi bilan “Sog‘lom oila-jamiyat boyligi” shiori ostida velomarafon bo‘lib o‘tdi.Musobaqa uch yosh toifasidatashkil etildi. Birinchi toifadan 18 -30 yoshli xotin-qizlar o‘rin olgan bo‘lsalar, 31-45 yoshli ishtirokchilar ikkinchi toifaga ajratilishdi. Uchinchi yosh toifasini esa yoshi 45 dan oshgan ayollar tashkil etdilar. Marafonda nafaqat professional sportchilar, balki Quyichirchiq tumanida patronaj xizmatini olib borayotgan oddiy hamshiralar ham ishtirok etishdi.
Velomarafondan ko‘zlangan maqsad xotin-qizlar o‘rtasida faol va sog‘lom turmush tazini targ‘ib qilish, ularni jismoniy kamolotga yetkazish, ishtirokchilarda sport mahoratini oshirish, ekologik jihatdan ularning xavfsizligini ta’minlashdan iborat.
Oydinobod MFY Oqqo‘rg‘on ko‘chasi bo‘ylab jami 2,5 km masofaga o‘tkazilgan marofonda Quyichirchiq va unga yaqin xududlardagi tumanlardan 120 nafardan ziyod xotin-qizlar ishtirok etishdi.
18-30 yoshli xotin-qizlar o‘rtasida
1. Abdumajidova Nargiza
2. Jumaniyozova Dilnoza
3. Qahramonova Sitora
31 – 45 yoshli ayollar o‘rtasida
1.Norqulova Eleonora
2.Dushanboyeva Sevdo
3. Jiyankulova Aziza
45 yoshdan katta ayollar o‘rtasida
1. Imomberdiyeva Janar
2. Kalibayeva Nurzoda
3. Tojiboyeva Nasiba.
“G‘alabaga bo‘lgan intilishi uchun”Rashidova Yulduz
“Eng faol ayol poygachi”To‘rayeva Nargiza
“Eng yosh ayol poygachi”Haydarova Shahlo
“Eng mahoratli poygachi” Rahmatova Dilbar
“Eng yoshi ulug‘ poygachi” Rahimova Muxtabar
Velomarafon yakunida g‘oliblar Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari, viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi – O‘zbekiston velosiped sporti Federatsiyasi Toshkent viloyati bo‘limi raisi Ozoda Parpiboyeva hamda O‘zbekiston Xotin qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Nurmatova Mukarramlartomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.