Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro valyuta jamg‘armasi: 2023 yil jahon iqtisodiyoti uchun og‘ir bo‘ladi
10:25 / 2023-03-30

Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) boshqaruvchi direktori Kristalina Georgiyevaning bayonotiga ko‘ra, 2023 yil jahon iqtisodiyoti uchun qiyin bo‘lishi bashorat qilinmoqda. “Jahon global iqtisodiyoti ma’lum vaqtdan beri notinch muhitda faoliyat ko‘rsatib, ketma-ket zarbalarni boshidan kechirmoqda. Biz 2023 yilni yana bir og‘ir yil bo‘lishini kutmoqdamiz”, dedi u Xitoyda o‘tayotgan Osiyo Boaos forumidagi nutqida.

Georgiyevaning ta’kidlashicha, Ukrainadagi mojaro oqibatlari va jahonda pul-kredit siyosatining keskinlashuvi yalpi ichki mahsulot o‘sish sur’atlariga ta’sir qilishda davom etmoqda, joriy yilda uning uch foizdan kam darajada bo‘lishi bashorat qilinmoqda. Xitoyning Xaynan orolida norasmiy “Sharqiy Davos”, deb ataladigan Osiyo iqtisodiy anjumani davom etmoqda.

Forum 2001 yilda tashkil etilgan. Uning vazifalari – Osiyo davlatlari o‘rtasida muvofiqlashtirish va hamkorlikni rivojlantirish, dunyoning boshqa mintaqalari bilan muloqot va iqtisodiy aloqalarni faollashtirish, rasmiylar, tadbirkorlar, mutaxassislar va olimlar o‘rtasida iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa masalalar bo‘yicha muloqot o‘rnatish uchun platforma yaratishdan iborat.

 

O‘zA