French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro turnirda O‘zbekiston dzyudochilari ikkinchi o‘rinda bormoqda
11:54 / 2022-11-05

Ozarbayjon poytaxti Bokuda dzyudo bo‘yicha davom etayotgan “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi xalqaro turnirning birinchi kungi bellashuvlari mamlakatimiz sportchilari uchun har jihatdan omadli bo‘ldi.

Xabar berganimizdek, 52 kilogrammda Diyora Keldiyorovaning oltin medalga sazovor bo‘lishi, Sita Kadambayeva bronza medalini qo‘lga kiritishi, Kemran Nurillayev 60 kiloli dzyudochilar orasida 5-o‘rin bilan kifoyalanishi O‘zbekiston terma jamoasini 61 davlat orasida umumjamoada Ozarbayjondan keyin ikkinchi o‘rinda qayd etilishiga xizmat qilmoqda.  

Bugun, 5 noyabr kungi bellashuvlarda 5 nafar dzyudochimiz sovrinli o‘rinlar hamda Parij olimpiadasining reyting ochkolari uchun kurash olib boradi.

  

73 kilogrammli sportchilar ishtirokidagi bahslarda Shahram Ahadov, 73 kilo og‘irlikda Murodjon Yo‘ldoshev, 81 kilogrammda Ramazon Allaberdiyev qatnashsa, qizlar o‘rtasidagi musobaqalarda Sevinch Isoqova va Shohista Nazarova o‘z vaznlarida omad chig‘irig‘idan o‘tishadi. Xalqaro turnir bahslari ertaga o‘z yakuniga yetadi.   

T.Ro‘ziyev, O‘zA