Xalqaro turnir yakunlandi
Poytaxtimizda yengil atletika bo‘yicha xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi.
Poytaxtimizda yengil atletika bo‘yicha xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi.O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi tomonidan o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada mamlakatimiz sportchilari bilan bir qatorda Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistondan kelgan atletlar g‘oliblik uchun kurash olib bordi.
Turnirning turli masofaga yugurish bahslarida terma jamoamiz a’zolaridan Jaloliddin Hamroqulov, Ruslan Maxsumov, Oybek Mamatkomilov, Komila Rajabova, Marjona Baratova oltin medalni qo‘lga kiritdi. 60 metrga to‘siqlar osha yugurishda Shohrux Baratov va Roksana Xudoyorova birinchi o‘rinni egalladi.
Balandlikka, uzunlikka va uch hatlab sakrashda sportchilarimizdan Safina Sa’dullaeva, O‘g‘iloy Abdulazizova hamda Roksana Xudoyorova g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Yadro uloqtirishda Shahzod Mardonov va Farida Hakimova terma jamoamiz hisobiga navbatdagi oltin medallarni qo‘shib qo‘ydi.