English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro turnir g‘oliblari aniqlandi
17:38 / 2024-03-24

Farg‘onadagi Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi tasarrufidagi Chavandozlar maktabi otchoparida bo‘lib o‘tgan ot sportining uloq-ko‘pkari turi bo‘yicha xalqaro turnir yakunlandi. Mazkur bellashuv O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Sport vazirligi, O‘zbekiston uloq-ko‘pkari federatsiyasi hamda viloyat hokimligi hamkorligida tashkil etildi.

Ikki kun davom etgan musobaqada O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iz Respublikasi, Tojikiston, Vengriya davlatlarining 8 ta jamoasi bahs olib bordi. Yurtimizda uchinchi bor o‘tkazilgan turnir mardlik, epchillikni namoyon etdi.  

Xalqaro turnirda Qirg‘iz Respublikasi jamoasi faxrli birinchi o‘rin va yuz million so‘m, qozog‘istonliklar ikkinchi o‘rin va 75 million so‘m, O‘zbekiston jamoasi uchinchi o‘rinni egallab, 50 million so‘mni qo‘lga kiritdi.  

[gallery-16576]

O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikromov jamoalarni g‘alaba bilan tabriklab, mukofotlarni topshirdi.  

M.Sulaymonov,

M.Qodirov (surat), O‘zA muxbiri