Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro turizm akademiyasida Samarqand kampusi faoliyati tashkil etiladi
19:37 / 2025-11-22

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Butun turizm tashkiloti shafeligida Xalqaro turizm akademiyasida Samarqand kampusi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, BMTning Butunjahon turizm tashkiloti shafeligida tashkil etilgan Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand kampusi faoliyatining maqsadli ko‘rsatkichlari belgilandi. Ular quyidagilardan iborat: 

a) dunyoning eng nufuzli top-10 reytingiga kirgan ta’lim tashkiloti bilan hamkorlik o‘rnatish va mutaxassislar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish;

b) 2025-2028 yillarda turizm va boshqa xizmat ko‘rsatish sohalarida faoliyat olib borayotgan 2,8 ming nafar mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; 

v) 1 oygacha bo‘lgan malaka oshirish hamda 8 oygacha bo‘lgan qayta tayyorlash o‘quv kurslarini tashkil etish. 

Akademiya “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining tashkiliy tuzilmasiga kiradi. 

Akademiyada o‘qitish o‘zbek, rus va ingliz tillarida amalga oshiriladi. 

Qayta tayyorlash o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli bitiruvchilarga va malaka oshirish o‘quv kurslarini to‘liq o‘zlashtirgan tinglovchilarga sertifikat beriladi. 

2025 yil 1 dekabrdan boshlab turizm sohasi ob’ektlari mutaxassislari o‘z mablag‘lari hamda ish beruvchi va buyurtmachi tashkilotlarning mablag‘lari (byudjet mablag‘lari) hisobidan shartnoma asosida qayta tayyorlanadi va malakasi oshiriladi.

Akademiyaning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: 

a) turizm va boshqa xizmat ko‘rsatish sohalarida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan yangi ta’lim dasturlarini hamda o‘qitishning innovatsion shkullarini ishlab chiqish va jorish etish;

b) zamonaviy innovatsion va ilmiy-pedagogik texnologiyalarni, fan va texnikaning eng yangi yutuqlarini qo‘llagan holda turizm va boshqa xizmat ko‘rsatish sohalari uchun yuqori malakali professional kadrlarni milliy va xalqaro ta’lim standartlariga muvofiq tayyorlashni ta’minlash; 

v) ta’limning tegishli yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv-metodik adabiyotlarni yaratish, talabalar va yosh mutaxssislarni jalb qilgan holda fundamental va amaliy tadqiqotlar olib borish, turizm va boshqa xizmat ko‘rsatish sohalaridagi ta’lim muassasalariga yetakchi xorijiy ta’lim tashkilotlari tajribasini joriy qilish; 

g) turizm va boshqa xizmat ko‘rsatish sohalari mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasining oshirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish; 

d) ta’lim va ilmiy faoliyatning ishlab chiqarish faoliyati bilan uzviy integratsiyalashuvi uchun shart-sharoitlar yaratish; 

j) turizm va boshqa xizmat ko‘rsatish sohalarida ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish va mamlakatimizda joriy etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish, xorijiy mamlakatlarning sohadagi yetakchi muassasalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirish; 

z) yetakchi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining professor-o‘qituvchilarini jalb qilgan holda hamkorlikda o‘quv dasturlarini amalga oshirish. 

Akademiya tuzilmasida turizmning ekologiyaga salbiy ta’sirini kamaytirish yo‘nalishida xalqaro ilmiy tadqiqotlar olib borish maqsadida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Global yashil turizm startaplari laboratoriyasi, shuningdek, universitet tuzilmasida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan “Badiiy galareya” o‘quv laboratoriyasi tashkil etiladi.

O‘zA