Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand kampusiga rahbar tayinlandi
10:31 / 2026-01-07

Samarqandda davlatimiz rahbari qaroriga muvofiq Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) shafeligida tashkil etilgan Xalqaro turizm akademiyasi kampusiga direktor tayinlandi.

Ushbu vazifaga bundan avval Samarqand viloyat turizm boshqarmasida rahbarlik vazifalarida faoliyat ko‘rsatgan Narziqulov Dilshod Rustamovich faoliyat boshladi.  

Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand kampusi turizm va xizmatlar sohasi mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish bo‘yicha zamonaviy ta’lim platformasi hisoblanadi. Akademiya faoliyati doirasida yetakchi xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, xalqaro ekspertlar ishtirokida o‘quv dasturlari amalga oshiriladi.

Akademiya UNWTO standartlari asosida ta’lim jarayonlarini tashkil etish, xalqaro akademik hamkorlikni kengaytirish hamda O‘zbekistonning turizm ta’limi sohasidagi nufuzini oshirishga xizmat qiladi.

G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri