French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro texnologiyalar forumida o‘zbekistonliklar ham taqdirlanadi
14:46 / 2024-10-11

Ma’lumki, har yili turli mamlakatlarda 14 oktyabr – Jahon standartlar kuni keng nishonlanadi. Shu munosabat bilan Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida 10 oktyabr kuni “Rossiya standartlashtirish haftaligi” doirasida Xalqaro texnologiyalar forumi boshlandi.

Mazkur an’anaviy anjuman mintaqaviy va milliy standartlashtirish sohasini rivojlantirish tendensiyalari, standart ishlab chiqish bilan bog‘liq dolzarb masalalar, texnik jihatdan tartibga solishning yangi usullari va yechimlari, ayni yo‘nalishdagi zamonaviy vositalar va imkoniyatlar kabi muhim mavzularni muhokama qilish uchun qulay imkoniyat yaratdi.

Tadbirda sohada faoliyat yuritayotgan xalqaro tashkilotlar, ilmiy va ta’lim markazlari vakillari qatori O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi vakillari ham ishtirok etmoqda.

Muhokamaga qo‘yilgan masalalar orasida standartlashtirish va iqtisodiyotda barqaror rivojlanish, menejment tizimida xorijiy va milliy standartni qo‘llash amaliyoti, ixtiyoriy sertifikatlash: sifat kafolati va iste’molchi ishonchi kabi dolzarb mavzular bor.

Dasturga muvofiq, “Yil standartchisi” tanlovi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi ham rejalashtirilgan.

Quvonarlisi ushbu xalqaro tanlov g‘oliblari safida mamlakatimiz vakillari – Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi xuzuridagi Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti, Standartlashtirish boshqarmasi hamda Navoyi kon-metallurgiya kombinati AJ vakillari ham bor.

Anjuman ertaga yakunlanadi.

O‘zA