Xalqaro tennis federatsiyasi jahon chempionlarini taqdirladi
Fransiya poytaxti Parij shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan galdagi jahon chempionlarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Fransiya poytaxti Parij shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan galdagi jahon chempionlarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
“ITF”ning ayollar oʻrtasida bu yilgi jahon chempioni deya ruminiyalik Simona Xalep eʼtirof etildi, erkaklar oʻrtasida esa mazkur nomga serbiyalik Novak Jokovich sazovor boʻldi.
Juftliklar oʻrtasida chexiyalik Barbora Kreychikova va Katerjina Sinyakova, amerikalik Jek Sok va Mayk Brayanlar jahon chempioni deb topildi.
Eslatib oʻtamiz, mazkur sovrin Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan har yili bir marotaba oʻtkaziladi. Unda tennischilar oʻtgan yilgi natijalariga qarab gʻolib deb topiladilar.