Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro teatr san’ati festivalida o‘zbekistonlik talabalar g‘olib bo‘ldi
15:14 / 2020-12-12

2020 yil noyabr oyida Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vazirligi ko‘magida MDHga a’zo davlatlarning gumanitar hamkorlik bo‘yicha davlatlararo jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan Xalqaro teatr san’ati festivali bo‘lib o‘tdi.

Bu yil pandemiya sharoitidan kelib chiqqan holda "GITIS – master-klass" nomli ushbu festival onlayn tarzda o‘tkazilgan.

Madaniyat vazirligi axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, unda o‘zbekistonlik yosh teatr ijodkorlari ham o‘z spektaklini taqdim etdi.

Jumladan, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professori, san’atshunoslik fanlari nomzodi Temur Rashidov badiiy rahbarligida teatr san’ati fakulteti 4 bosqich «Estrada aktyorligi san’ati» bo‘limi talabalari italyan yozuvchisi va dramaturgi Karlo Gotssi asari asosida yaratilgan «Turandot» spektakli bilan qatnashib, «Eng yaxshi spektakl» nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.  

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining ushbu jamoasi 2021 yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan xalqaro festivallarda ishtirok etish uchun taklif etildi.