Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro tasviriy va amaliy san’at festivali ijodkor yoshlar uchun ajoyib imkoniyat
18:55 / 2022-04-15

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Badiiy akademiyasining mamlakatimizda 2022 yil – Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yilida Xalqaro an’anaviy «Tasviriy va amaliy san’at festivali»ni tashkil qilish va o‘tkazish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, joriy yil 18-22 aprel kunlari respublikamiz bo‘ylab Badiiy akademiya hamda qator vazirlik va idoralar, tashkilotlar, ijodiy uyushmalar bilan hamkorlikda Xalqaro Tasviriy va amaliy san’at festivali o‘tkaziladi.

Ixlosmandlar besh kun davomida yurtimiz hamda dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan ijod ustalarining benazir san’at namunalaridan bahra olib, ijodiy muloqot va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniga ega bo‘ladilar.

[gallery-6648]

Festival doirasida Toshkent shahri, viloyat markazlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi ko‘rgazma zallarida (30 dan ortiq loyiha) ishtirokchilarning saralangan asarlari asosida ko‘rgazmalar, Badiiy akademiya tizimidagi ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yosh ijodkorlarning ijodiy loyihalari namoyish etiladi.

– Festivalda tasviriy va amaliy san’at sohasida ta’lim olayotgan hamda ijod qilayotgan yosh ijodkorlarning 30 yoshgacha bo‘lgan qatlami qatnashadi, – dedi O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nuriddinov. – Loyihalar orqali jami 10 ming nafardan ortiq oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, ixtisoslashtirilgan san’at maktablari hamda maktab-internatlari, umumta’lim maktablari, bolalar musiqa va san’at maktablari o‘quvchi-talabalari va mahalla yoshlari qamrab olinishi belgilangan. Bu yilgi Xalqaro an’anaviy Tasviriy va amaliy san’at festivali loyiha va tadbirlari «mahallabay», barcha qatlamdagi yoshlar ishtirokida «mahalla-hudud-respublika» vertikal tizimi asosida tashkil etiladi.

Tadbirda san’at muxlislariga zavq, ijodkorlarga esa ilhom ulashuvchi ushbu an’anaviy san’at haftaligida O‘zbekiston Respublikasidagi 11 ta xorijiy diplomatik vakolatxonalar, Tojikiston, Polsha, Rossiya hamda Koreya kabi davlatlardan 24 nafar xorijiy ijodkor va mehmonlarning ishtirok etishi kutilmoqda.

Gulnoza BOBOEVA, Nosirjon HAYDAROV (surat), O‘zA