Xalqaro tashkilot Yevropada gaz tanazzuli kuchayishida Rossiyani aybladi
Xalqaro energetika agentligi (XEA) rahbari Fotih Birol Rossiyani ta’minotni sekinlashtirish orqali ko‘hna qit’ada gaz tanazzuli kuchayishiga sababchi, deb hisoblamoqda.
Mulozimning ayni mazmundagi so‘zlari “Financial Times”da keltirilgan.
“Fikrimizcha, Yevropa gaz bozoridagi keskin vaziyatni Rossiya yuzaga keltirdi”, dedi Birol, va Moskvaning bu yo‘nalishdagi harakati Ukraina tegrasidagi keskin geosiyosiy sharoitga to‘g‘ri kelib qolganini ham qo‘shimcha qildi.
Uningcha, “Gazprom” istasa, ta’minotni kamida chorak hissa oshirsa bo‘ladi. Aynan Rossiya konserni tufayli Yevropa omborlarida gaz tanqis: hozir ular, odatdagidek, 70 foiz emas, balki 50 foiz zaxiraga ega”.