Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro tashkilot Isroilga qurol yetkazib berilishiga qarshi
10:55 / 2024-05-14

“Amnesty International” xalqaro huquqni himoya qilish tashkiloti AQSH, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlarni Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatishga chaqirib, harbiy jinoyat ishtirokchisiga aylanib qolishdan ogohlantirdi.

– Isroil javobgarlikni his qilmay, G‘azodagi begunoh aholiga nisbatan harakati bilan urush qonunini tizimli va keng ko‘lamli ravishda buzishda davom etar ekan, ittifoqchilar, xususan AQSH va Buyuk Britaniya ushbu davlatga harbiy yordam berish va qurol sotishni to‘xtatishi kerak, – deyilgan tashkilot tarqatgan matbuot xabarnomasida.

Avvalroq Prezident Jo Bayden ham agar Isroil G‘azo sektoridagi amaliyotini kengaytirsa va Rafoh shahriga hujum uyushtirsa, avia bomba va zambarak snaryadi yetkazib berish to‘xtatilishidan ogohlantirgan edi.