Kuni kecha “O‘zbekiston – BMT: yoshlar siyosatida yangi ufqlar” mavzusidagi ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Muloqot Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti tashabbusi bilan tashkil etildi. Tadbirda Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi vakillari, BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi mas’ullari, O‘zLiDEP partiyasi vakillari, Yoshlar parlamenti a’zolari hamda mamlakatning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 200 dan ortiq talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Shuningdek, hududiy studiyalar orqali qariyb 5 ming nafar yoshlar onlayn tarzda qo‘shildi. Yoshlar siyosati sohasida faoliyat yuritayotgan ekspertlar, ilmiy tadqiqotchilar va xalqaro hamkor tashkilotlar vakillari ham muhokamalarda qatnashib, o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashishdi.
Muloqotda yoshlar siyosatini yanada takomillashtirish, xalqaro hamkorlikni kuchaytirish va yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga oid masalalar keng muhokama qilindi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/BARbROa5PPo" title="Xalqaro tashabbuslar Yoshlar parlamenti diqqat markazida" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ziyovuddin NURIDDINOV, Doniyor YAKUBOV, Ulug‘bek TO‘XTAEV (video), O‘zA