Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro standartlar asosida yuk avtomobili haydovchilari tayyorlanadi
11:15 / 2026-01-28

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Ruminiyaning “Remarkable Consulting” kompaniyasi ijrochi direktori Aleksandru Borza hamda kompaniya menedjeri Vasile Bortalar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida “Remarkable Consulting” kompaniyasi tomonidan Navoiy viloyatida yuk avtomobili haydovchilarini Kod 95 va Yevropa standartlari asosida o‘qitish loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Mazkur loyiha mahalliy kadrlarni xalqaro talablar darajasida tayyorlash va ularni xorijda ish bilan ta’minlashga qaratilgan.

Loyihani amalga oshirish doirasida kompaniya malakali instruktorlarini O‘zbekistonga yuborib, ikki haftalik o‘quv kurslarini tashkil etishni rejalashtirmoqda. Dastlabki bosqichda 50 nafar talabgorni o‘qitish ko‘zda tutilgan bo‘lib, yil yakuniga qadar jami 300 nafar fuqaroni tayyorlab, ularning xorijda mehnat faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, loyihani samarali amalga oshirish va kelgusida hamkorlikni kengaytirish masalalari yuzasidan kelishib oldi.

Mehmonlar Qiziltepa tumanida bo‘lib, 3-sonli texnikum tasarrufidagi o‘quv-mashg‘ulot poligoni, “Vatanparvar” tashkilotining avtomobil boshqaruvi uchun mashq maydonidagi sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri