Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro shaxmat akademiyasiga yangi rahbar tayinlandi
11:26 / 2024-10-10

Mamlakatimizda shaxmatning keng ommalashishida, mahoratli sportchilarning kamolga yetishida, turli darajadagi musobaqalar, chempionatlar, xalqaro ahamiyatga ega shaxmat tadbirlarining tashkil etilishida poytaxtimizda faoliyat yuritib kelayotgan Xalqaro shaxmat akademiyasining alohida o‘rni bor.

Kuni kecha Xalqaro shaxmat akademiyasining keyingi faoliyatni yangi bosqichga olib chiqish, iste’dodli shaxmatchilarni tayyorlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri o‘rinbosari Sh.Mahmudov, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Alisher Sa’dullayev ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda ushbu vazifalar ijrosi tahlil etilishi asnosida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi rahbariyatining taklifiga binoan Xalqaro shaxmat akademiyasi direktori lavozimiga Komil Sindarov nomzodi tasdiqlandi. Bundan tashqari tadbir davomida mamlakatimizda shaxmat sohasini yanada rivojlantirish, 2026 yilda yurtimizda bo‘lib o‘tadigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi o‘yinlariga har tomonlama mukammal tayyorgarlik ko‘rish, shaxmatchilarimizning xalqaro musobaqalardagi ishtiroki to‘g‘risidagi ko‘plab masalalar muhokama qilindi. Mutasaddilarga tegishli vazifalar berildi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA