Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro shaxmat akademiyasida reyting turniri bo‘lib o‘tmoqda
15:05 / 2021-06-06

Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida reyting turniri bo‘lib o‘tmoqda. 200 nafarga yaqin shaxmat ixlosmandlari A va B guruhiga bo‘lingan holda g‘oliblik uchun dona surmoqda.

O‘tkazilgan 5 tur natijalariga ko‘ra, A guruhida Olmos Rahmatullayev, Miraziz Qo‘ziyev, Bahrom Baxrillayev, Asrorjon Omonovlar mag‘lubiyatsiz yurishda davom etishmoqda. Peshqadamlar hisobida 5 imkoniyatdan 4,5 ochko bor. B guruhida Abdulloh Alimov, Shahzod Islomov ham raqiblari ustidan g‘alaba qozona oldi. Imkoniyatlardan to‘la foydalana olgan yetakchilar hisobida 5 tadan ochko bo‘lib,  mag‘lubiyatsiz dona surayotganlar safida Saidxon Ashikmamutov va Asilbek Majidov ham bor. Ular hisobida 4,5 ochko mavjud.

Reyting musobaqalari 9 iyunga qadar davom etadi.

[gallery-2690]

Muhammad AMIN (surat), O‘zA