Xalqaro shaxmat akademiyasida mahorat turniri boshlandi
FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida Toshkent shahar shaxmat bo‘limi tomonidan mahorat turniriga start berildi.
1-tur natijalariga ko‘ra, Alisher Abduqayumov, Umar Otaxonov, Sirojiddin Badriddinov, Matvey Gordeyev, Otabek Zoirov, Mahmudjon Muqimov, Mehribonu Nazirqulova, Shahrizoda Sattorova, Dilnoza Turdimuratova, Yasmina Yunusova, Zarina Ne’matjonova, Farangiz Abdumo‘minova kabi yosh iqtidor egalari g‘alaba nashidasini surdi. 164 nafar shaxmatchi ishtirok etayotgan mahorat turniri 9 tur davom etadi. Shaxmatchilar egallagan o‘rinlariga qarab toifalanadi.
O‘yinlar ertalab va peshindan keyin bo‘lib o‘tmoqda. 29 avgust kuni musobaqaning g‘olib va sovrindorlari ma’lum bo‘ladi.
[gallery-8496]
Muhammad AMIN (surat), O‘zA