Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro seminar
15:01 / 2025-10-13

Buxoro davlat universitetida Yevropa Ittifoqining Erasmus+CBHE dasturi doirasidagi “ESGCA – Implementing ESG Principles in Central Asian Universities” loyihasi asosida “ESG: Social Sciences Topics” nomli xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminar Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida ESG (Environmental – atrof-muhit, Social – ijtimoiy, Governance – boshqaruv) tamoyillarini ta’lim tizimiga joriy etish, ijtimoiy barqarorlik, inklyuzivli va inson resurslarini boshqarish sohalarida tajriba almashish maqsadida tashkil etildi.

Unda oliy ta’limda ESG tamoyillarini joriy etishning zamonaviy yondashuvlari, ijtimoiy barqarorlik va inson huquqlari, inklyuziv ta’lim va barqaror HRM strategiyalari, Yevropa va Markaziy Osiyo universitetlari o‘rtasida hamkorlik mexanizmlari, kabi ko‘plab masalalar muhokama qilindi.

Seminar natijasida ESG tamoyillarini ta’lim jarayonlariga integratsiya qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi. Universitet hamda Yevropa universitetlari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlandi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.