English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro reytingdagi ko‘rsatkichini yanada mustahkamlayotgan muassasa
22:23 / 2021-12-15

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 dekabrda "Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi qarori imzolangan edi.

Ushbu hujjatda «TIQXMMI – Milliy tadqiqot universiteti»ni transformatsiya qilish va kompleks rivojlantirish dasturini amalga oshirish hamda 2025 yilga qadar xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy ta’lim muassasalari reytingida birinchi 1000 talik ro‘yxatga kiritish vazifalari belgilangan.

Bu borada 2021 yilning 15 dekabr kuni QS xalqaro reyting agentligining “Rivojlanayotgan Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari oliy ta’lim muassasalarining (QS World University Rankings: Emerging Europe and Central Asia)” 2022 yilgi reytingi e’lon qilindi.

Unda reytingga kirgan «TIQXMMI – Milliy tadqiqot universiteti» 2021 yil uchun reytingda 271 o‘rin egallagan bo‘lsa, 2022 yil uchun ko‘rsatilgan reytingda 60 pog‘ona yuqorilab, 211 o‘rinda qayd etildi.

Quvonarlisi shundagi, «TIQXMMI – Milliy tadqiqot universiteti» xalqaro reyting ko‘rsatkichlarini yildan-yilga oshirib bormoqda. “QS World University Ranking YeESA”ning 47 foizlik eng ilg‘or universitetlari qatoridan joy oldi.