Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro regbi kengashi vakillari O‘zbekistonda
17:27 / 2015-05-29

Mamlakatimizga tashrif buyurgan Xalqaro regbi kengashi prezidenti Bernard Lapasset boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Tashqi siyosat masalalari qo‘mitasi raisi, O‘zbekiston regbi federatsiyasi raisi S.Safoyev bilan uchrashdi.

Mamlakatimizga tashrif buyurgan Xalqaro regbi kengashi prezidenti Bernard Lapasset boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Tashqi siyosat masalalari qo‘mitasi raisi, O‘zbekiston regbi federatsiyasi raisi S.Safoyev bilan uchrashdi. 

Suhbat chog‘ida Prezident Islom Karimov rahnamoligida O‘zbekistonda sportni va olimpiya harakatini izchil rivojlantirishga qaratilayotgan ulkan e’tibor va g‘amxo‘rlik yuksak samaralar berayotgani alohida ta’kidlandi. Jumladan, sportning regbi turi ham yurtimizda jadal ommalashmoqda. 

– O‘zbekistonda Prezident Islom Karimov rahnamoligida sportni izchil rivojlantirishga katta e’tibor qaratilayotgani tahsinga sazovor, – dedi B.Lapasset. – Mamlakatingizda sportni har tomonlama taraqqiy ettirish borasida amalga oshirilayotgan bunday keng ko‘lamli islohotlar berayotgan yuksak samaralar xususida batafsil ma’lumot olish imkoniga ega bo‘ldik. Bu boradagi ishlar O‘zbekistonda regbini rivojlantirishda muhim omil bo‘lmoqda. 

O‘zbekiston regbi federatsiyasi 2006-yili Osiyo regbi uyushmasiga a’zo bo‘lgan. 2014-yil 14-mayda Xalqaro regbi kengashining to‘la huquqli a’zoligiga qabul qilingan. 

Mazkur sport turiga qiziquvchi yoshlardan iborat jamoalar ishtirokida erkaklar va xotin-qizlar o‘rtasida mamlakat chempionati, turli musobaqalar muntazam o‘tkazilmoqda. Mashg‘ulot va musobaqalarni zamonaviy talablar darajasida tashkil etish uchun sharoit yaratish, xalqaro maydonda yuksak natijalar ko‘rsatishga qodir iste’dodli sportchilarni saralash, xalqaro aloqalarni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Regbi bo‘yicha terma jamoamiz a’zolari qit’a miqyosidagi musobaqalarda muntazam qatnashib kelmoqda. 

Uchrashuvda Xalqaro regbi kengashi bilan O‘zbekiston regbi federatsiyasi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan atroflicha fikr almashildi.