11 oktyabr – Xalqaro qizlar kuni
Jizzax viloyatidagi Mirzacho‘l agrosanoat texnikumida 11 oktyabr – Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan mazmunan boy va ko‘tarinki ruhdagi tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida texnikumda faoliyat yuritayotgan ustozlar va iqtidorli o‘quvchi qizlar tomonidan ma’naviy-ma’rifiy chiqishlar, sahnaviy namoyishlar hamda konsert dasturi taqdim etildi.

Qizlarimizning ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ayniqsa, ta’lim sohasidagi ishtirokini qo‘llab-quvvatlash masalalari tadbirning asosiy mazmunini tashkil qildi.
Tadbir yakuniga kelib, ta’lim muassasasida faollik ko‘rsatgan, namunali hulq-atvorga ega bo‘lgan qizlar esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalar bilan taqdirlanishdi.
A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA