Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro qisqa metrajli filmlar festivali uchun saralash bosqichi boʻlib oʻtdi
16:01 / 2020-08-27

“Oʻzbekkino” milliy agentligida Yaponiyaning DigiCon6 Asia-2020 xalqaro qisqa metrajli filmlar festivalida ishtirok etish uchun saralash bosqichlari boʻlib oʻtdi.


“Oʻzbekkino” milliy agentligida Yaponiyaning DigiCon6 Asia-2020 xalqaro qisqa metrajli filmlar festivalida ishtirok etish uchun saralash bosqichlari boʻlib oʻtdi.

Agentlik axborot xizmatining maʼlumotlariga koʻra, kinofestivalning bu yilgi saralash bosqichida oʻzbekistonlik ijodkorlar 28 ta qisqa metrajli filmi bilan ishtirok etdi. Tajribali kinoshunos va rejissyorlardan iborat hakamlar hayʼati ularni baholab bordi. Yakunda 4 ta film gʻolib, deb topildi va DigiCon6 Asia – 2020 kinofestivalida qatnashish huquqiga ega boʻldi.

Bular “Qurt”(rejissyor A.Samugdjanov), “Larisa” (rejissyor S.Maʼsudxonov), “Konsert”(rejissyor A.Abdullayev) va “Yer qadri” (rejissyor M.Ergasheva) filmlaridir.

Festival joriy yilning kuzida Yaponiyaning Tokio shahrida oʻtkaziladi.