Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro o‘quv yig‘inida tajriba oshirishmoqda
11:46 / 2026-02-18

Joriy yilning 8–28-fevral kunlari Gretsiyaning Afina shahrida akademik eshkak eshish sport turi bo‘yicha nufuzli xalqaro o‘quv yig‘ini mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur yig‘inda Sirdaryo viloyati sportchilari ham faol ishtirok etib, kelgusidagi respublika va xalqaro musobaqalarga puxta tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda yig‘inda bo‘lib turgan Farrux Obloqulov xabar berdi.

O‘quv-yig‘in zamonaviy sport infratuzilmasi, qulay iqlim sharoiti va yuqori raqobat muhiti bilan ajralib turadi. Mashg‘ulotlar davomida sportchilar texnik va taktik mahoratini takomillashtirish, jismoniy tayyorgarlikni mustahkamlash hamda suvda harakat koordinatsiyasini rivojlantirish ustida faol ish olib bormoqda. Shuningdek, xalqaro darajadagi sportchilar bilan mashg‘ulotlar ularga katta tajriba va ruhiy motivatsiya bag‘ishlaydi.

O‘quv yig‘inida Farrux Obloqulov boshchiligida sportchilar — Alisher Turdiyev, Pavel Sorin va Anna Prakaten qatnashmoqda. Murabbiy tomonidan ishlab chiqilgan maxsus dastur asosida kunlik mashg‘ulotlar eng samarali usullar bilan tashkil etilmoqda.

– Mashg‘ulotlar dasturiga ertalabki suv mashg‘ulotlari, trenajyorlarda kuch va chidamlilikni oshirish mashqlari, texnik tahlil, xatolar ustida ishlash hamda tiklanish, reabilitatsiya jarayonlari kiritilgan, – dedi Farruh Obloqulov.

Xalqaro yig‘in nafaqat jismoniy, balki ruhiy jihatdan ham sportchilarni chiniqtirish imkonini beradi. Turli davlatlardan kelgan eshkakchilar bilan tajriba almashish, yangi mashq uslublarini o‘rganish va raqobat muhitida mashq qilish ularning malakasini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Sirdaryo viloyati sportchilarining Afinadagi ishtiroki hududda akademik eshkak eshish sport turini rivojlantirish, yosh avlodni sportga keng jalb etish va yuqori natijalarga erishishda muhim vazifani o‘taydi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri