English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi faoliyatida yangi davr boshlanmoqda
11:53 / 2025-06-23

Bundan 129 yil muqaddam fransiyalik Per de Kuberten boshchiligida Olimpiya o‘yinlarini zamonaviy ko‘rinishda qayta tiklash ishlari boshlangan edi.

Olib borilgan sa’y-harakatlar natijasida 1894 yilning 23 iyun kuni Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ)ga asos solindi. Shundan beri, ushbu sana "Olimpiya kuni" sifatida dunyo bo‘ylab keng nishonlab kelinadi.

Bugungi kunga kelib, "Olimpiya kuni" xalqaro sport olamida eng ommaviy tarzda nishonlanadigan sport bayramlaridan biriga aylangan. Har yili Xalqaro olimpiya qo‘mitasiga a’zo 205 ta milliy olimpiya qo‘mitalarida o‘tkaziladigan sport va salomatlik bayramida millionlab insonlar bevosita ishtirok etmoqda.

Ushbu tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad aholi orasida sog‘lom turmush tarzini hamda Olimpizm g‘oyalarini keng targ‘ib etish, insonlar qalbida jismoniy tarbiya va sportga bo‘lgan mehrni yanada yuksaltirishdan iborat.

Bugun, 23 iyun – “Olimpiya kuni” keng nishonlanayotgan damda Xalqaro olimpiya qo‘mitasining yangi saylangan ilk ayol prezidenti Kirsti Koventri o‘z ish faoliyatini rasman boshlaydi

2013 yildan XOQ rahbari sifatida faoliyat olib borgan germaniyalik Tomas Bax bugun rasman faoliyatini yakunlaydi. Uning o‘rniga ushbu lavozimda tarixda ilk bor ayol kishi – zimbabvelik Kirsti Koventri vazifaga kirishadi.

To‘lqin Ro‘ziyev tayyorladi.

O‘zA