Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi boksga rahm qildi, biroq AIBAga emas
11:34 / 2019-05-23

Ko‘p yillardan beri Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi sportning boks turini yozgi Olimpiya o‘yinlari dasturidan chetlatilishi haqida bong uradi, ammo yakunda boks to‘rt yillikning eng nufuzli sport anjumanida qoladi.


Ko‘p yillardan beri Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi sportning boks turini yozgi Olimpiya o‘yinlari dasturidan chetlatilishi haqida bong uradi, ammo yakunda boks to‘rt yillikning eng nufuzli sport anjumanida qoladi.

Bir necha oydan beri ushbu sport turi Tokio-2020 yozgi olimpiadasi dasturidan o‘rin olishi yoki chiqib ketishi borasida ham bahs-munozaralar davom etmoqda. Kuni kecha Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) prezidenti Tomas Bax boshchiligida o‘tgan yig‘ilishda tashkilotning ijroqo‘m a’zolari boksni Tokio olimpiadasi dasturidan o‘rin olishi yoki chiqarib yuborilishi masalasi, shuningdek, saralash tizimi, bellashuvlarning qaysi tashkilot shafeligida o‘tishi kabi masalalar muhokama qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi rasmiy sayti xabar qildi.

Yig‘ilishda ijroqo‘m a’zolari boks sportini Tokio-2020 yozgi olimpiadasi dasturida qoldirishga qaror qilishdi, ammo shu paytga qadar ushbu bellashuvlarni o‘tkazib kelgan AIBA tashkiloti bu safargi yozgi Olimpiya o‘yinlarining saralash tizimiga aralashmaydi, qolaversa tashkilotning Olimpiya o‘yinlaridagi roli va ta’siri butunlay to‘xtatiladi.

Lozannada bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda boks bellashuvlarini Tokio olimpiadasida XOQ tomonidan tashkil qilinadigan maxsus komissiya o‘tkazishi va unga Xalqaro gimnastika federatsiyasi prezidenti Morinari Vatanabe rahbarlik qilishi borasida xulosaga kelindi. Bu safargi yozgi Olimpiya o‘yinlari uchun ham avvalgidek 286ta o‘rin ajratilgan. Unda erkaklar 8ta vazn, ayollar esa 5ta vazn toifalarida g‘oliblik uchun bellashadi. Biroq musobaqalar aynan qaysi vazn toifalarida o‘tkazilishi bo‘yicha bir to‘xtamga kelinmagan.

photo5418037704614062659.jpg

Shuni ta’kidlash joiz, joriy yil Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma bermaydi. Tokio-2020 olimpiadasiga litsenziya beradigan musobaqalar esa kelgusi yilning yanvar-may oylari oralig‘ida o‘tkaziladi.

Biroq hozircha bunday musobaqalarga mezbonlik qiladigan davlatlar va turnirlarning sanalari bo‘yicha ham aniq to‘xtamga kelinmagan. Qolgan masalalar va yakuniy xulosalar 24-26 iyun kunlari Lozannada o‘tkaziladigan XOQning navbatdagi Sessiyasida e’lon qilinadi.

photo5418037704614062661.jpg

Boks sportining Olimpiya o‘yinlaridan chiqarib yuborilishi biz uchun katta yo‘qotishga aylanardi, negaki O‘zbekiston sport delegatsiyasi 1996 yildan buyon mustaqil jamoa sifatida yozgi Olimpiya o‘yinlarida qatnashib kelayotgan bo‘lsa, shu kungacha qo‘lga kiritilgan medallar orasida salmoqli qismi aynan boksga tegishli. Mamlakatimiz charm qo‘lqop ustalari o‘tgan 6ta yozgi Olimpiya o‘yinlarida 4ta oltin, ikkita kumush va 8ta bronza, jami 14ta medalga sazovor bo‘ldi. Taqqoslash uchun, qolgan barcha sport turlarida atletlarimiz 4ta oltin, 5ta kumush va 9ta bronza medalini qo‘lga kiritgan. Chunonchi, Rio-2016 Olimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik bokschilar 10 nafar sportchi bilan bahslarda qatnashib, yakunda ularning yettitasi sovrindorga aylangandi. Natijada uchta oltin, ikkitadan kumush va bronza medalini qo‘lga kiritgan terma jamoamiz XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarini umumjamoa hisobida 1-o‘rinda yakunlagan edi.