Xalqaro olimpiadada yoshlarimiz 2 ta oltin va bitta kumush medalga sazovor bo‘ldi
32-xalqaro biologiya olimpiadasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar 2 ta oltin va bitta kumush medalni qo‘lga kiritdi. Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, ayni damda o‘quvchilarimiz nufuzli xalqaro olimpiadalarda Vatanimiz sharafini himoya qilmoqda.
Yaqinda 32-xalqaro biologiya olimpiadasi (IBO) natijalari e’lon qilindi. Ushbu xalqaro olimpiadada o‘zbekistonlik o‘quvchilar 2 ta oltin, 1 ta kumush medalini qo‘lga kiritdi. Xususan, Jizzax davlat pedagogika instituti akademik litseyi 2-bosqich o‘quvchisi Humoyun Norbekov va TPTI akademik litseyi 1-bosqich o‘quvchisi Aziza Abduvaliyeva oltin medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, Navoiy viloyati 11-IDUM o‘quvchisi Yorqinbek Turdiboyev kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Olimpiada 18-23 iyul kunlari Portugaliya davlati tomonidan tashkil etilib, unda dunyoning 76 davlatidan 304 nafar iqtidorli o‘quvchi ishtirok etdi.
N.Usmonova, O‘zA