French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro olimpiadada surxondaryolik o‘quvchilar g‘olib bo‘ldi
09:54 / 2025-08-15

Tatariston Respublikasining “Alabuga” maxsus iqtisodiy zonasida bo‘lib o‘tgan Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlari xalqaro onlayn chempionati final bosqichida Surxondaryo viloyati o‘quvchilari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Bu haqda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Musobaqada O‘zbekiston delegatsiyasining 11 nafar finalchisi ishtirok etib, mamlakatimiz sharafini himoya qildi. Ularning 10 nafari surxondaryolik yoshlardir. Moliyaviy savodxonlik va tadbirkorlik asoslari bo‘yicha maxsus platforma orqali ishtirokchilar bilimi sinovdan o‘tkazilgan bahsda Denov tumanidagi 74-maktab o‘quvchilari Annurbek Gaybullayev faxrli birinchi, Asadbek Abrorov ikkinchi va Abubakir Asadullayev uchinchi o‘rinni egalladi.  

Ma’lumotlarga ko‘ra, viloyatning maktab o‘quvchilari joriy yilda o‘tkazilgan fan olimpiadalarida mamlakatimiz miqyosida 14-o‘rindan 4-o‘ringa ko‘tarildi. Ular dunyoning turli davlatlarida bo‘lib o‘tgan fan olimpiadalarida ham sovrinli o‘rinlarga sazovor bo‘lmoqda.  

Xolmo‘min Mamatrayimov,

O‘zA muxbiri