Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro olimpiada g‘olibi ishtirokida yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi
09:04 / 2021-08-12

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumani “Jasorat” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi Kamal Sadikov joriy yilning 2-7 avgust kunlari universitet talabalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Xalqaro matematika olimpiadasida (IMC - International Mathematical Competition) oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.

Shu munosabat bilan hudud aholisi va yoshlar, u ta’lim olgan maktab jamoasi hamda ustozlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Ellikqal’a tumani hokimi S.Avezov Xalqaro matematika olimpiadasi g‘olibini tabrikladi va muvaffaqiyatlar tiladi.

Ta’kidlanganidek, K.Sodiqovning yutug‘i, butun tuman yoshlarining yutug‘i, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan alohida e’tiborning yorqin namunasi ekanligi qayd etildi. Uning qo‘lga kiritgan oltin medali O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz yillik bayramiga tuhfa bo‘ldi. G‘olib tuman hokimligi tomonidan rag‘batlantirildi.

Konsert dasturi namoyish etildi.

 

Dovud Abibullayev, O‘zA