Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro musobaqada “Vatanparvar” tashkiloti sportchilari g‘alaba qozondi
16:59 / 2023-05-23

Joriy yilning 16-19 may kunlari Rossiya Federatsiyasi Moskva viloyatining Korolyov shahrida yoshlar o‘rtasida sportning raketamodel turi bo‘yicha xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi.

Beshta davlatdan 120 dan ortiq sportchilar ishtirok etgan ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti sportchilari 4 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medallarini egallab, yoshlar o‘rtasida umumjamoa hisobidan birinchi o‘rinni egalladilar.

Jumladan, sportchilar tomonidan quyidagi natijalarga erishildi:

1. Otabek Fazliddinov “S-7”-sinfida 1-o‘rin (Namangan v.);

2. Sardor Ro‘ziyev “S-6-A”-sinfida 1-o‘rin (Buxoro v.);

3. Farrux Safoyev “S-9-A”-sinfida 1-o‘rin (Buxoro v.);

4. Feruz Bahodirov “S-7-A”-sinfida 1-o‘rin (Buxoro v.);

5. Farhod Bakiyev “S-10-A”-sinfida 2-o‘rin (Samarqand v.);

6. Shahboz Bafoyev “S-10-A”-sinfida 3-o‘rin (Buxoro v.).

Bundan tashqari, namanganlik murabbiy Najmiddin Zaylidinov “Eng yaxshi murabbiy” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb topildi.

O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti jamoasi ushbu sportchilarni samimiy muborakbod etib, kelgusida bundan-da yuksak yutuqlarga erishishlarini tilab qoladi.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning 16-23 sentyabr kunlari Qozog‘iston Respublikasining Baykonur shahrida sportning raketamodel turi bo‘yicha o‘tkazilgan “Baykonur Kubogi – 2022” xalqaro musobaqasida “Vatanparvar” tashkiloti sportchilaridan iborat O‘zbekiston terma jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.

“Vatanparvar” tashkiloti bir qator xalqaro sport tashkilotlari, jumladan, Xalqaro ayeronavtika federatsiyasi (FAI)ning to‘la huquqli a’zosi hisoblanadi.

O‘zA