French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro musobaqa g‘oliblari bilan uchrashuv (+video)
19:02 / 2025-08-27

Avval xabar qilinganidek, Tatariston Respublikasining “Alabuga” maxsus iqtisodiy zonasida bo‘lib o‘tgan MDH xalqaro onlayn chempionati final bosqichida surxondaryolik bilimdonlar yurtimiz sha’nini yuksak darajada himoya qildi.

Musobaqada O‘zbekiston delegatsiyasining 11 nafar finalchisi ishtirok etgan bo‘lsa, ularning 10 nafari surxondaryolik ekanligi viloyatning ilmiy salohiyati, yoshlarning bilimga chanqoqligi va ustozlarining fidokorona mehnatidan dalolatdir. 

[gallery-24992]

G‘olib yoshlar Denov tumanidagi 74-maktabda tahsil oladi.

Surxondaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Husniddin Mamadiyev xalqaro musobaqa g‘oliblari bilan uchrashdi. Samimiy muloqotda yoshlar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, muvaffaqiyat sari olib borgan izlanishlari haqida so‘zlab berdi. Uchrashuv hayajonli taassurotlar, kelajakka bo‘lgan orzu-intilishlar va yangi marralarni zabt etish haqidagi qarashlar bilan qiziqarli tus oldi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/9r9tUJ2s_Kc" title="Xalqaro musobaqa g‘oliblari bilan uchrashuv" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat va video), O‘zA