English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro moliya va xususiy sheriklik uchun yangi imkoniyat
10:33 / 2026-02-12

“Issiqlikta’minoti” AJ rahbariyati Osiyo taraqqiyot banki (ADB) maslahat missiyasi hamda “Synergy Consulting” xalqaro konsalting kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida Buxoro shahrida markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishga qaratilgan yirik investitsiya loyihasi atroflicha muhokama qilindi. Loyiha shahardagi mavjud infratuzilmani yangilash, energiya samaradorligini oshirish va iste’molchilarga barqaror hamda sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlashni nazarda tutadi.

Mazkur davlat-xususiy sheriklik loyihasini Osiyo taraqqiyot banki (ADB) moliyaviy va konsultativ qo‘llab-quvvatlashi rejalashtirilgan. Loyihaning asosiy maqsadi sohada zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, tizimning iqtisodiy samaradorligini oshirish, moliyaviy barqaror modelni shakllantirish va uzoq muddatli xususiy investitsiyalarni jalb qilishdan iborat.

Muhokamalar jarayonida loyihani amalga oshirishning bir nechta muqobil ssenariylari ko‘rib chiqildi. Har bir variant doirasida kapital xarajatlar (CAPEX), operatsion xarajatlar (OPEX), moliyalashtirish manbalari va shartlari, tarif siyosatining parametrlari, shuningdek risklarni davlat va xususiy sherik o‘rtasida taqsimlash masalalari chuqur tahlil qilindi.

Taqdim etilgan moliyaviy-iqtisodiy hisob-kitoblar va institutsional tahlillar asosida eng maqbul va barqaror model tanlab olinishi rejalashtirilgan. Loyiha amalga oshirilishi natijasida Buxoro shahrida issiqlik ta’minoti tizimining ishonchliligi va energiya samaradorligi sezilarli darajada oshishi kutilmoqda.

Sh.Mamaturopova, O‘zA