Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro migratsiya tashkilotining yuksak e’tirofi
19:36 / 2025-04-25

Xalqaro  migratsiya tashkiloti O‘zbekistonning mintaqaviy va jahon migratsiya jarayonlariga qo‘shayotgan amaliy hissasini yuqori baholadi. Bu haqda O‘zbekistonning Jenevadagi BMT vakolatxonasi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili Eldiyor Toshmatov  va Xalqaro migratsiya tashkiloti bosh direktor o‘rinbosari Sunga Li o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda aytildi.

Tomonlar  o‘zaro hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qildi. Xususan, mehnat migratsiyasini qo‘llab-quvvatlash, migrantlar huquqlarini himoya qilish, qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish hamda migratsiya siyosatini shakllantirishda ekspert va texnik yordam ko‘rsatish kabi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha aloqalar mustahkamlanib borayotgani qayd etildi. 

Sunga Li Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekistonda mehnat migratsiyasi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda  mamlakatimiz xorijdagi migrantlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qo‘shgan hissasini e’tirof etdi. O‘zbekistonning Migratsiya  bo‘yicha 2030 yilgacha mo‘ljallangan milliy strategiyani ishlab chiqish bo‘yicha tashabbusiga alohida e’tibor qaratildi. Sunga Li Xalqaro migratsiya tashkiloti ushbu strategik hujjatni tayyorlash va hayotga tatbiq etishda har tomonlama yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi. 

Muloqotda  migratsiya masalalarini Barqaror rivojlanish maqsadlari, ayniqsa, iqlim o‘zgarishiga moslashish yo‘nalishiga integratsiya qilish muhimligi  ta’kidlandi. Xalqaro  migratsiya tashkiloti vakili mintaqaviy dastur va tashabbuslar doirasida O‘zbekistonga bu borada zarur ko‘mak berishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekiston va butun Markaziy Osiyo  mintaqasida migrantlarning huquqlarini himoya qilish yo‘lida strategik sheriklikni  yanada mustahkamlash va hamkorlikni kengaytirishga intilishi qat’iy ekanligini ta’kidladi. 

Aziza Alimova tayyorladi, O‘zA.