Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro meda xollda "Zakovat" intellektual o‘yinining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi
19:07 / 2021-10-20

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Yoshlar ittifoqi Boshlang‘ich tashkiloti tomonidan tashkil etilgan ushbu saralash bosqichida poytaxtimizdagi nufuzli oliy ta’lim muassasalarining faol talaba yoshlari o‘z intellektual imkoniyatini sinab ko‘rdi.

Aytish joizki, unda final bosqichiga chiqqan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining "Shunchaki" jamoasi, Toshkent davlat axborot texnologiyalari universitetining "Sayhun "jamoasi, Toshkent davlat yuridik universitetining "Justicye" jamoasi, Toshkent Islom akademiyasining "Parlament" jamoasi, Toshkent davlat jahon tillari universitetining " Jahon tillari" jamoasi va Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining “Renessans" jamoasi qatnashdi. Shuningdek, mehmon jamoalar "Yorishga keldik" talabalari final bosqichida bellashdi.

[gallery-4329]

– "Zakovat" yoshlarni izlanishga va o‘z ustida ishlashga da’vat etadigan intellektual o‘yindir, – dei Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Yoshlar ittifoqi Boshlang‘ich tashkiloti yoshlar yetakchisi Mumtozbek Meliqo‘ziyev. 

– Xalqaro meda xollda bo‘lib o‘tgan mazkur final bosqichi qiziqarli va munozalarga boy bo‘ldi. Ahamiyatli jihati, Zakovat"nafaqat yoshlar salohiyati namoyon etish, balki ishtirokchi jamoalar o‘rtasida o‘zaro do‘stlik aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Yakunda birinchi o‘rin Toshkent davlat jahon tillari universitetining "Jahon tillari" jamoasiga nasib etdi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarga Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining "Shunchaki" jamoasi hamda "Yorishga keldik" mehmonlar jamoasi sazovor bo‘ldi.

Nasiba ZIYODULLAEVA, Otabek PARDAEV (surat), O‘zA