Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro maslahatchi treninglar o‘tkazdi
12:25 / 2021-04-24

Maktabgacha ta’lim vazirligida Jahon bankining «Yosh bolalarni erta rivojlantirishni takomillashtirish» loyihasi doirasida psixologiya fanlari nomzodi, xalqaro maslahatchi Zulfiya Veisova ishtirokida «O‘zbekistonda bola uchun maxsus maktabgacha ta’limni o‘rgatish shakllarini joriy qilish» mavzusida treninglar o‘tkazildi.

Ushbu treninglarning asosiy maqsadi ilmiy asoslangan yo‘nalishlar bilan va xalqaro amaliyotlarga tayangan holda, faol va interfaol ta’lim metodikasini o‘rganish, bu orqali pedagog tarbiyachilarni tayyorlash va tarbiyalashdir.

Mazkur mashg‘ulotlar bosqichma-bosqich o‘tkazilib, keyingi bosqich respublikaning barcha hududlarini qamrab oladi. Treninglarda o‘qituvchilarga bir-biridan o‘rganish imkonini beruvchi metodika o‘rgatildi. Pedagogik kadrlar tayyorlashning barcha bosqichlarida respublika bo‘ylab maktabgacha ta’lim tizimining 700 nafar mutaxassisi qamrab olinadi.

Kelajakda kaskad usulida tayyorlangan murabbiylar tizimdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari metodistlari va tarbiyachilariga olgan bilim va ko‘nikmalarini o‘rgatishadi.

Ushbu treninglar pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim jarayonining sifatini yaxshilaydi va tarbiyachilarning amaliy faoliyatida bola shaxsiga qaratilgan turli yondashuvlardan foydalanish, ularning yoshi va qobiliyatlarini hisobga olgan holda maktab hayotiga moslashishga yordam beradi.

Mohigul Qosimova,

O‘zA