Mamlakatimizda bo‘lib o‘tadigan muhim siyosiy jarayon – O‘zbekiston Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish ishlari qizg‘in ruhda davom etmoqda.
Prezidentlikka nomzodlarning targ‘ibot-tashviqot ishlari, saylovchilar bilan uchrashuvlari jadal tarzda tashkil etilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bilan bog‘liq jarayonlarni muntazam kuzatib, o‘z xulosa va fikrlarini taqdim etib borayotgan xalqaro tashkilotlar vakillari hamda xalqaro kuzatuvchilar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Temuriylar tarixi davlat muzeyida ham mehmon bo‘lmoqda.

Fanlar akademiyasi axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, ushbu muzeyga tashrif buyurgan Turkiya Oliy saylov kengashi raisi Muxarrem Akkaya va Turkiya Oliy saylov kengashi a’zosi Kurshat Xamurju Amir Temur va Temuriylar davriga oid boy ekspozitsiya bilan tanishdilar.
Mehmonlar madaniy merosni asrab-avaylash, uni yosh avlodga bezavol yetkazish borasida yangilanib borayotgan O‘zbekistondagi ishlarni yuqori baholadilar.
N. Usmonova, O‘zA muxbiri