Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro kuzatuvchilar: referendum ochiqlik, shaffoflik tamoyillari asosida o‘tmoqda
18:46 / 2023-04-30

Ayni paytda Farg‘ona viloyatida bir guruh xalqaro kuzatuvchilar shahar va tumanlardagi referendum uchastkalarida bo‘lib, jarayonlarni yuqori baholashmoqda.

Masato Xivatari (Yaponiya), Xokkaydo universiteti professori:  

–O‘zbekistondek mustaqil davlat uchun bunday referendum kerak. Insonlarning erkin va farovon hayotini kafolatlashda Konstitutsiyaning o‘rni juda katta va bu borada dadil qadam tashlanmoqda. Masalan, dunyo miqyosida ham yaqqol e’tirof etsa bo‘ladi. Demokratik davlat sifatida bu muhim masala hisoblanadi. Farg‘onadagi bugungi ovoz berish jarayonlariga to‘xtaladigan bo‘lsam, ertalabdan referendum uchastkalari ovoz beruvchilar bilan gavjum bo‘ldi. Fuqarolar konstitutsion burchlarini yuqori saviyada bajarayotganliklarini ko‘rdim.  

Velizade Ilgar, (Ozarbayjon):  

– Konstitutsiyaga o‘zgartishlar kiritilishi so‘zsiz turli sohalarning yanada rivojlanishiga turtki bo‘ladi. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda katta islohotlar amalga oshirilyaptiki, shu bois Konstitutsiyaga yangi qo‘shimchalar kiritishni taqozo etyapti. Albatta, bu tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, iqtisodiyotni rivojlantirishga katta yordam beradi, deb o‘ylayman. Shundoq ham O‘zbekistonda ishlab chiqaruvchilar qo‘llab-quvvatlanayotganligini yurtingizdagi chetga eksport qilinayotgan  mahsulotlarning ko‘pligidan ham bilsa bo‘ladi. Birgina Farg‘ona viloyatining o‘zidagi ishlab chiqaruvchilar xalqaro bozorlarda o‘zlarining ko‘plab xaridorlariga ega bo‘lmoqda. Xususan, bizning Ozarbayjon bozori va shu orqali boshqa hududlarga chiqishga erishilyapti. Bu yurtingizda tadbirkorlik rivojlanayotganidan yaqqol darak beradi. Biz qardosh mamlakat sifatida bunday o‘zgarish va imkoniyatlarni qo‘llab-quvvatlaymiz va olqishlaymiz.  

M.Sulaymonov, O‘zA