Devid Patton (AQSH), “Amerikan councils” xalqaro tashkiloti prezidenti:
– Beshta referendum uchastkasida bo‘ldim va hammasi risoladagidek davom etayotganini bevosita kuzatdim. Kuzatuvchilarga ham yaxshi sharoit yaratilgan. Ular istalgan uchastkaga kirishi, jarayonlar bilan bevosita tanishishi mumkin.
Bironta ham qonunbuzarlikni ko‘rmadim. Odamlar erkin kelib, erkin ovoz bermoqda.
O‘zim ta’lim sohasida faoliyat yuritganim sababli O‘zbekiston ta’lim tizimiga ham e’tibor qaratdim. Yangilangan Konstitutsiyada aynan shu yo‘nalishda ko‘p imkoniyatlar yaratilayotgani meni ham mamnun qildi. Chunki ta’lim rivojlansa, mamlakat rivojlanadi.
Albatta, O‘zbekistonda bu borada yutuqlar bor. Bu yo‘nalishda AQSH bilan ham yaxshi hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Hozirgidek samarali hamkorlik ilgari hech qachon bo‘lmagan.
Har safar O‘zbekistonga kelganimda o‘zgarishlar ro‘y berayotganini kuzataman. Mamlakatingiz yildan-yilga rivojlanib borayotganini tan olish kerak.
O‘zA muxbiri Norgul Abduraimova yozib oldi.