Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro kuzatuvchi: “Referendumda xalqingizning faol bo‘lishiga ishonaman”
22:44 / 2023-04-28

Barchamizga ma’lumki, 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan siyosiy jarayon — Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi bo‘yicha  referendumga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Uchastkalarda ushbu siyosiy tadbirga tayyorgarlik jarayonlari qay tarzda tashkil etilganligi, ovoz beruvchi fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar, shu bilan birga, aholining bu boradagi fikrlarini o‘rganish maqsadida Farg‘ona viloyatiga bir guruh xalqaro kuzatuvchilar keldi.

Xorijiy ommaviy axborot vositasi vakili Vey SIN (Xitoy): - Farg‘ona viloyatidagi taassurotlarim katta. Eng avvalo havosi juda yoqimli, odamlari xushmuomala ekan. Hozir viloyatning tarixini ham o‘rganyapman. Farg‘ona boy o‘tmishga ega ekanligi bilan qiziqishlarimni yanada oshirdi.

Referendum haqida gapiradigan bo‘lsam, O‘zbekiston keyingi vaqtlarda tez sur’atlarda  rivojlanyapti.

Yuksalish davom etmoqda. Buning uchun albatta, Konstitutsiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish taqozo etiladi.Mamlakatga sarmoyadorlarni jalb qilishda ham muhim hujjat – yangilanayotgan Konstitutsiya juda zarur, deb hisoblayman. Bugun ikkita referendum uchastkasida bo‘ldim va holatni ko‘zdan kechirdim. Referendum o‘tkazish uchun barcha tayyorgarlik ishlari ko‘rilgan, ovoz beruvchilar uchun barcha sharoit yaratilgan.

Referendum kuni mazkur hududda turli sabablarga ko‘ra bo‘la olmaydigan ovoz beruvchilar muddatidan avval ovoz beribdi.

Qolaversa, uchastkaga kela olmaydigan ovoz beruvchilarning uylariga borgan holda ovoz berishlariga  imkoniyat yaratilgan. Bir so‘z bilan aytganda, haqiqatdan ham referendum uchastkalarida tayyorgarlik yuqori saviyada tashkil etilgan. Ochig‘i, aholining ko‘pchiligi referendumda faol bo‘lishiga ishonaman.

M.Sulaymonov, O‘zA