French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro kuzatuvchi hududiy saylov komissiyasida bo‘ldi
15:20 / 2024-10-17

MDH kuzatuvchilar guruhi a’zosi, Hamdo‘stlik ijroiya qo‘mitasi ishlar boshqarmasi maslahatchisi Denis Varganov Samarqandda bo‘lib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari sayloviga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi.

Jumladan, viloyat hududiy saylov komissiyasida xalqaro kuzatuvchiga viloyatda saylovga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilgan ishlar, 1130 ta saylov uchastkasi tuzilib, komissiyalar tarkibi tasdiqlangani, Xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov o‘tkazuvchi 60 ta saylov okrugi bo‘yicha beshta siyosiy partiyadan ko‘rsatilgan 300 nafar deputatlikka nomzod ro‘yxatga olingani haqida batafsil ma’lumot berildi.  

– O‘zbekistonda bu galgi parlament va mahalliy Kengashlar deputatlari sayloviga yaxshi tayyorgarlik ko‘rilgan, – deydi Denis Varganov. – Barcha jarayonlar saylov kodeksi talablariga mos keladi. Saylov uchastkalarida ovoz berishni o‘tkazish uchun saylovchilarga barcha qulaylik yaratilgan. Shu bilan birga siyosiy partiyalar kuzatuvchilari va ommaviy axborot vositalari vakillari uchun alohida joylar tayyorlangan.

Xalqaro kuzatuvchi Samarqand shahridagi bir qator saylov uchastkalari faoliyatini ko‘zdan kechirdi.

G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri