Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro kuzatuvchi: hech qayerda yoshlarni ish va uy-joy bilan ta’minlash kafolatlanmagan
15:24 / 2023-05-01

Mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi referendumi muvaffaqiyatli o‘tdi. Referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonlarini kuzatish maqsadida yurtimizga tashrif buyurgan xalqaro kuzatuvchilar hamda xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari mazkur siyosiy jarayonlarning o‘tkazilishi borasida o‘z fikr va xulosalarini bildirmoqda.

Xususan, Slovakiya Respublikasidan tashrif buyurgan kuzatuvchi, «Finansovыye novosti» nashri bosh muharriri Vladimir Bachishin O‘zA muxbiriga bergan intervyusida quyidagilarni ta’kidladi:  

– O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan referendumda ovoz berish jarayonlarini Shveysariya soati kabi deyish mumkin – hammasi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Texnologiyalar aniq ishlamoqda. Men Buxoroda bo‘ldim: yaxshi tayyorgarlik ko‘rilgan. Uchastka komissiyasi a’zolari ovoz berishga kelgan fuqarolarga barcha tartiblarni batafsil tushuntirishdi. Barcha jarayonlar ketma-ketligi yaxshi rejalashtirilgan. Hamma joyda kuzatuvchilar, komissiyalar bor. Referendum xalqaro standartlarga to‘liq javob beradi.  

Endi Konstitutsiya haqida to‘xtalsak, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan solishtirganda, O‘zbekiston Konstitutsiyasi loyihasida aholiga nisbatan davlatning ko‘proq majburiyatlari ko‘rsatilgan. Men barcha fuqarolarni Internet tarmog‘i bilan birday ta’minlagan davlatni bilmasdim, bu kamdan-kam uchraydigan holat. Ikkinchi e’tiborimni tortgan jihat – yoshlar masalasi. Hech qayerda yoshlarni ish va uy-joy bilan ta’minlash kafolatlanmagan. Lekin, kambag‘allar uchun dasturlar mavjud. Misol uchun, Chexiya va Slovakiyada bu 100 foiz kafolatlanmagan.  

Referendumni yoritish jarayonlari ham yaxshi tashkil etilgan. Hamma ushbu siyosiy tadbirdan xabardor. Buni ovoz berishda qatnashgan ishtirokchilarning foizi ham ko‘rsatib turibdi. Yevropada saylovlarda aholining atigi 50 foizi ishtirok etadi. Kamdan-kam hollarda 70 foizni tashkil etadi. O‘zbekistonda, umuman, Markaziy Osiyoda aholining siyosiy faolligi ko‘proq seziladi.  

Muhtarama Komilova, O‘zA