Xalqaro kuzatuvchi fikri
“Yurtingizda samarali islohotlarga guvoh bo‘ldik”
Anisul Xak, Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibiyati xalqaro munosabatlar departamenti direktori:
– Islom hamkorlik tashkiloti O‘zbekistonga katta e’tibor qaratadi. O‘zbekiston ham tashkilotimizga a’zo davlatlar ichida baland mavqega ega.
O‘zbekiston Prezidenti saylovida ishtirok etish uchun taklif oldik, bundan mamnunmiz. Saylov uchastkalari bilan tanishdik, nogironligi bor shaxslar, shuningdek, koronavirusning oldini olish uchun qilinayotgan harakatlarni yuqori baholayman. To‘g‘risini aytganda, yurtingizda sog‘liqni saqlash, inson huquqlari sohalaridagi samarali islohotlarga guvoh bo‘ldik.