Nur Osiyo Mohd Aval, Malayziya Bola huquqlari bo‘yicha vakili:
– Saylov bo‘yicha xalqaro kuzatuvchiman, O‘zbekistonga ikkinchi kelishim. 24 oktyabr kuni saylov jarayonini kuzataman, odamlarning nomzodlar haqidagi fikr-mulohazalarini o‘rganish niyatidaman. Chunki saylovchilarning so‘z erkinligi orqali ham mamlakatdagi islohotlar haqida bilish mumkin.
O‘zbekiston saylov qonunchiligidagi ba’zi normalar, misol uchun har besh yilda saylanish va ko‘ppartiyaviylik tizimidan xabarim bor.
Saylovga puxta tayyorgarlik ko‘rilgan, odamlar va televideniyega keng imkoniyatlar yaratib berilgan. Xabaringiz bor, odamlar ma’lumotlarni bir-birlariga ulashishida mass-mediya alohida o‘rin tutadi. Ba’zi davlatlarda ommaviy axborot vositalariga erkinlik berilmagan, ammo sizda bunday emasligiga shubham yo‘q.
Ulug‘bek Mahmirzayev yozib oldi, O‘zA